Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning ma'lum qilişiça, Minsk Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining (KXŞT) boş kotibi lavozimi uçun uç nomzodni taklif etişga tayyor. Bu mamlakatga taşkilot rahbarini tayinlaş huquqi ötadigan bölsa, yuz beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Uning qayd etişiça, Belarus KXŞTda Armanistondan keyin alifbo tartibi böyiça navbatdagi mamlakat hisoblanadi. Lukaşenkoning sözlariga köra, Minsk bu lavozimga kimnidir taklif qilişga tayyor turişi kerak.
«KXŞT apparati rahbarini tayinlaş masalasiga kelsak... Tabiiyki, köp variantlar bor edi, bu biz Armanistonni kamsitdik, biz tufayli u yerda kimdir ğalaba qozondi, kimdir mağlub böldi, degani emas», - deya aytib ötdi Lukaşenko Ozarboyjonning Belarusdagi elçisi Latif Gandilov bilan uçraşuv davomida.
Eslatib ötamiz, avvalroq YeXHT boş kotibi Lukaşenkoning Donbass böyiça ğoyalarini maqtagandi.












