Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mamadali Mahmudov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qayta tiklandi
Bugun, 16 noyabr kuni yozuvchi Mamadali Mahmudov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qayta tiklandi.
O‘zA xabariga ko‘ra, u bilan birgalikda yana ikki ijodkor – Norto‘xta Qilich, Dilshoda Saidolimova ham qayta a'zolikka olingan.
«Turli sabablarga ko‘ra uyushmadan chetlatilgan atoqli ijodkorlarning Uyushma a'zoligiga qaytarilayotgani amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir», deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan Mamadali Mahmudov «Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar», «Bo‘z bo‘ri», «O‘lmas qoyalar», «Tumanli kunlar» va «Oy nuri» kabi asarlar muallifi hisoblanadi.
Ayni vaqtda 75 yoshda bo‘lgan yozuvchi 2017 yil bahorida, 17 yillik mahbuslikdan so‘ng ozodlikka chiqarilgandi.
Mavzuga oid
09:52 / 21.10.2021
“O‘tkan kunlar” tarjimoni va'da qilingan gonorar masalasi hal bo‘lganini ma'lum qildi
21:58 / 19.10.2021
«Kechirish va unutishni so‘rashdi» - «O‘tkan kunlar» tarjimoni va'da qilingan gonorar to‘lanmayotganidan shikoyat qildi
15:32 / 24.02.2021
Yozuvchilar uyushmasi: Adiblar xiyobonidagi gips haykallar olib ketilgan
18:31 / 20.01.2021