Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan amerikalik madaniyatşunos Mark Eduard Riz Twitter sahifasida Özbekistondagi amaldorlardan biri prezident tomonidan beş oy oldin va'da qilingan gonorar berilmayotgani, undan keçib yuboriş söralgani haqida yozgandi.

U öz sahifasida masalani hal qilib berişganini yozib qoldirdi.

“Men Özbekistonning yuqori darajali amaldorlari bilan boğlandim va gonorar masalasi hal böldi. Ma'lum bölişiça, gonorarga mas'ul kişi uni xorijiy fuqaroga qanday qilib rasmiylaştiriş tartibini bilmagan. 5 oylik töxtalişga tajribasizlik va xohişsizlik sabab bölgan. Masalani hal qilib bergani uçun hukumatga rahmat”, – deb yozadi tarjimon.

Tarjimon gonorar miqdorini oçiqlamagan.