Kun.uz muxbiriga köra, taqdimotda çiqiş qilgan adabiyotşunos Rahmon Qöçqor ijodkorlarning yangi kitoblari haqida, şuningdek, özining fikriça, özbek jamiyatida oxirgi vaqtlarda paydo bölayotgan «milliy nigilizm» borasida fikrlarini bildirgan.

«Men ijtimoiy tarmoqlarni imkon qadar kuzatib boraman. Kuzataman-da, u yerdagi oxirgi vaqtlarda kuçayib ketayotgan axlatbozorlik, oğzi şaloqlik, ğiybat, uyatsizlik va olomon psixologiyasini his qilaman.
Men bir narsadan çöçiyapman, döstlar: bizda milliy nigilizm paydo bölyapti.
Nigilizm (lotinça nihil — «heç nima») olamning, ayniqsa insoniyatning obektiv qiymati yöq, deb uqtiruvçi falsafiy oqimdir.
Mavjud ijtimoiy hayot şakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etiş. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uçragan davrlarda, ayniqsa, keng yoyiladi.
Voqeliklardan xulosa qilinsa, bizning yoşlar özining xalqidan, millatidan bezib borayotgandek tuyulyapti. Milliy nigilizm paydo bölyapti. Bu juda yomon holat, döstlar.
Tarmoqlarni qarang, hamma yoq norozilik. Bizda olomon psixologiyasi juda kuçayib ketdi. Yöq, bu şaxs psixologiyasi emas. Olomon psixologiyasi deganimki, tomoşaga öç bölib ketyapmiz. Özingiz uçun bölsa ham javob bering. Ertalab ijtimoiy tarmoqqa nima uçun kiryapsiz? Köpçilik tomoşa uçun kiryapti. Kim nima qovun tuşirganini köriş uçun kiryapti. Bizda psixologik istaklar vektori özgarib ketdi.
Buni kimdir bilmasdan, yana kimdir juda yaxşi bilib qilyapti. Norozilik kayfiyati kuçayib ketyapti. Agar bu kayfiyat butun jamiyatga tarqab ketsa, bizni dahşatli kelajak kutyapti. Agar vaqtida buning oldini olmasak, bugungi kunlarimiz, tuşib qolgan ahvolimiz ham holva bölib qoladi», – degan adabiyotşunos.
Rahmon Qöçqor fikrlari davomida bu vaziyatdan çiqiş yöllari haqida ham gapirgan. Unga köra, vaziyatdan çiqişning yagona yöli jamiyatdagi har bir kişi öz vazifasini halol bajarişida.
«Bu vaziyatni töğrilaş uçun har bir kişi halol işlaşga ötişi kerak. Masalan, yozuvçi öz asarini, şoir şe'rini vijdonan yozişi kerak. Vazirlar Mahkamasi xodimlari, Prezident administratsiyasi vakillari, elektrik, farroş, dehqon, umuman, hamma öz işini töğri qilişi kerak.
Kelinglar, iş vaqtida, bor-yöği 8 soat halol mehnat qilaylik. Işontirib aytaman, vaziyatni önglaş uçun boşqa narsa kerak emas. Hammasi joyiga tuşadi. Tuşuninglar, hamma öz işini töğri qilsa, halol qilsa, önglanamiz. Farroş öz işini halol qilar ekan, atrofni axlat bosmaydi, amaldor töğri işlar ekan, öşa tizimni axlat bosmaydi.
















