Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya politsiyasi 650 kilogramm kokainni musodara qildi
Ispaniya huquqni muhofaza qilish organlari o‘tkazgan operatsiya davomida giyohvandlik vositalari savdosida gumonlangan o‘n bir kishi qo‘lga olindi va 650 kilo kokain musodara qilindi, deb xabar berdi politsiya matbuot xizmati.
Operatsiya Kolumbiya bosh prokuraturasining tergov guruhi va AQSh adliya vazirligining giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbir Kolumbiya va AQSh tergov organlari ispaniyalik hamkasblariga Kolumbiyadan Ispaniyaga giyohvandlik vositalari jo‘natilishi rejalashtirilgani haqida xabar qilganidan so‘ng boshlangan.
Politsiya xodimlari Galisiyada giyohvandlik vositalarini saqlash uchun ombor sifatida foydalanilgan uyni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Madridda besh, Galisiyada olti kishi qo‘lga olindi, 650 kilogramm kokain, 50 ming yevro pul, turli hujjatlar va to‘rtta avtomobil musodara qilingan.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026