Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo AQShni «rus tajovuzi» bilan kurashda Ukrainaning do‘sti deb atadi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo strategik sheriklik bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar-Ukraina komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinga «rus tajovuzkorligi» bilan kurashda yordam berishni va'da qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu nuqtai nazardan Ukrainada Qo‘shma Shtatlardan ko‘ra yaqinroq do‘st yo‘qdir.
«Jasorat va qat'iyat ruhi Rossiya tajovuzkorligi oldida o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligi uchun kurash olib borayotgan Ukrainani to‘g‘ri yo‘ldan olib bormoqda», - dedi Pompeo.
Shuningdek, uning va'da qilishicha, Moskva «Minsk kelishuvlariga to‘liq rioya etmaguncha va Qrim ustidan nazoratni Ukrainaga qaytarmaguncha», Rossiya uchun «tegishli oqibatlar»ni ta'minlashda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston BMTning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026