Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bishkekdagi uchrashuvda qatnashdi. Unda transmilliy tahdidlar muhokama qilindi
2018 yilning 16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlarining har yil bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar yordamchisi Miroslav Yencha, bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun ichki hamda transmilliy tahdidlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bishkek shahrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tgandi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni mustahkamlash istiqbollarini batafsil muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026