2018 yilning 15 noyabr kuni Bişkek şahrida Özbekiston – Qirğiziston vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarining navbatdagi raundi bölib ötdi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov va Qirğiziston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Dinara Kemelova ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni mustahkamlaş istiqbollarini batafsil muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi özaro aloqalarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi hamkorlikni muttasil rivojlantirişning muhim tarkibiy qismi hisoblangan oliy va yuqori darajadagi bölajak uçraşuvlarning jadvali va kun tartibiga alohida e'tibor qaratildi.
Uçraşuvda ikki tomon savdo aylanmasining izçil ösib borayotganligi, bu borada 2017 va 2018 yillarda yillik 50% ösiş kuzatilayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki davlat Boş vazirlari iştirokida 2018 yilning 29-30 mart kunlari bölib ötgan Özbekiston çegaradoş viloyatlar hokimlari va Qirğiziston Hukumatining çegaradoş viloyatlardagi muxtor vakillari kengaşining birinçi yiğilişi savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya va boşqa sohalardagi gorizontal aloqalarni jadallaştiriş imkoni berdi. Kengaşning ikkinçi yiğilişini joriy yilning dekabr oyida ötkaziş rejalaştirilgan.
Suhbat çoğida buyuk yozuvçi Çingiz Aytmatovning 90 yilligi ikki mamlakatda keng nişonlanişi özbek va qirğiz xalqlari hayotidagi yorqin voqea bölgani e'tirof etildi.












