Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida o‘zbek-xitoy ilmiy-texnologik parki ishga tushadi
Yaqin kunlarda poytaxtimizning Yunusobod tumanida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda o‘zbek-xitoy ilmiy-texnologik parki ishga tushirilishi kutilmoqda, deb xabar berdi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, Xitoy tibbiyot markaziga bugunga kelib 20 million dollar miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, 300 ta ish o‘rni tashkil etilishi nazarda tutilgan. Markazda sharq tabobatining sinovdan o‘tgan davolash uslublari va g‘arb tibbiyotining ilg‘or yutuqlaridan foydalaniladi.
Bugungi kunga kelib dori preparatlarining 8 xil ko‘rinishdagi (tabletkalar, kapsulalar, suyuq ko‘rinishdagi va b.) turlarini ishlab chiqaradigan farmatsevtika zavodi qurib bitkazildi. Zavod yuqori xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi. U GMP (Good Manufacturing Practic – dori vositalari, tibbiyot uskunalari, diagnostika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish me'yorlari, qoidalari va ko‘rsatmalarini mujassam etgan xalqaro tizim bo‘lib, ma'lum preparat yaratilganida belgilangan talablarga mos ravishda hamda mazkur preparatni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning talablari asosida preparat ishlab chiqarilishini ta'minlaydi) talablariga mosligi bilan ahamiyatga molik.
Hozirda 6 ming kvadrat metr maydonga ega 4 qavatli tibbiy diagnostika markazining korpusi va uchta mehmonxona binosining qurilishi yakunlanmoqda.
Zavod qurilishi import o‘rnini bosuvchi generik dorilarni ishlab chiqarish va ularning tannarxini arzonlashtirishga xizmat qiladi. Farmatsevtik kompaniyalarda ishlayotgan mahalliy texnik kadrlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish, zamonaviy tashxislash jarayoniga xorijiy klinikalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida konsalting xizmatlarini tashkillashtirish ham markaz oldiga qo‘ygan vazifalardandir.
Shuningdek, klinika joylashgan hududda yashovchi ijtimoiy qiynalgan 100 ta oilaga har yili bir marta yengillashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026