Jahon | 23:19 / 18.11.2018
4555
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamda tropik shtorm oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Vetnamning Nyachang shahrida “Toraji” tropik to‘foni sababli yuzaga kelgan tropik shtorm oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.

“Butun shahar bo‘ylab kuchli yomg‘irlar olib kelgan vayrongarchiliklarni ko‘rish mumkin”, deb aytgan mahalliy hukumat vakili Nguyen Si Kxan.

Tabiiy ofatlar oldini olish qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy restoran devorlari qulashi oqibatida ikki kishi – restoran egasi va 7 yoshli bola halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu voqea oqibatida yana 4 kishi jarohat olgan. 

Shahar aholisi xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tmoqda.

Mavzuga oid