Jahon | 09:30 / 19.11.2018
6730
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya prezidenti Tramp bilan yong‘inlar haqida gaplashganini eslay olmadi

Foto: Chip Somodevilla/Getty Images

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyoning ma'lum qilishicha, AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari haqida suhbatlashganini eslay olmaydi. Bu haqda MediaITE xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Niinistyo Trampga yong‘inlar bilan kurashish bo‘yicha qandaydir maslahat berganiga ishonchi komil emas.

Ta'kidlanishicha, Tramp Kaliforniyaga qilgan tashrifi chog‘ida Finlyandiya ko‘p vaqtni o‘rmonlarni tozalashga sarf qilishi va shuning uchun ularda yong‘inlar yuz bermasligi haqida aytgan.

Shu bilan birga, AQSh prezidentining bildirishicha, Niinistyo unga bu haqda gapirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniyadagi yong‘inda mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qolgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid