Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvadordan AQShga yana bir muhojirlar karvoni yo‘l oldi
Salvadordan AQShga yana bir muhojirlar karvoni yo‘l oldi. Prensa Grafica portalining xabar berishicha, bu Salvadordan AQSh tomon yo‘l olayotgan 4-muhojirlar karvonidir. Uning tarkibiga 150 ga yaqin kishi kirgan bo‘lib, oktabr oxiridan AQShga yo‘l olayotgan jami salvadorliklar 3 ming nafardan oshmoqda.
Muhojirlar dastlab Gvatemalaga, keyin esa Meksikaga yetib olishlari kerak bo‘ladi.
Hozirda Meksika hududi orqali AQSh tomon Gondurasdan ham muhojirlar yo‘l olmoqda. Ulardan 2 ming nafari AQSh bilan chegaradagi Tixuana shahriga yetib borib bo‘lishdi. AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarni qabul qilmasligini aytgan va chegaradagi xavfsizlikni kuchaytirgan.