12 noyabrda Universal studiyasi Take the Ball, Pass the Ball deb nomlangan hujjatli filmni namoyish etdi. Film Pep Gvardiolaning «Barselona»si haqida. Ushbu film angliyalik jurnalist Grem Xanterning kitobi asosida suratga olingan va o‘sha yillarning asosiy qahramonlaridan intervyular jamlangan.

Sports.ru saytida filmning ba'zi qiziq lavhalari «qog‘ozga tushirildi». Quyida ushbu material tarjimasi e'tiboringizga havola etiladi.

Moslasha olmagan futbolchilar
Ba'zida juda yaxshi futbolchilar «Barselona» o‘yiniga moslasha olmagandi. Masalan Anri va Abidal ham Pepning uslubida o‘ynab ketishlari qiyin kechgandi. Filmda mana shunday misollardan biri, Dmitriy Chigrinskiy haqida so‘z boradi.

Dmitriy Chigrinskiy: «Men o‘z imkoniyatimni boy bergandim. Men jamoada o‘ynashni juda istaganman, shuning uchun darhol nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga shoshilganman. Ba'zida bu menga xalaqit ham berardi. Bir kuni Xavi menga «men bolaligimdan shu yerdaman, ammo shunga qaramay, agar bir nechta o‘yinda yaxshi o‘ynay olmasam, muxlislar meni tamom qilishadi». O‘shanda u hazillashyapti deb o‘ylaganman, lekin aslida rostan ham shunaqa ekan».

Karles Puyol: Chigrinskiyning saviyasi «Barselona» talablariga mos kelardi. Ammo bu yerda himoyachi bo‘lib o‘ynash oson emas, bosim haddan tashqari katta».

Terri Anri: «Xavi o‘ynaydigan zonada yaxshi himoyalana olmaydigan «Osasuna»ga qarshi o‘yin edi. O‘sha kuni chap oyoqda dahshatli darajada kuchli o‘ynaydigan Chigrinskiy asosiy tarkibga tushirildi. U o‘ng oyoqdayam yaxshi o‘ynardi, lekin chap oyog‘i nihoyatda kuchli edi. Ko‘rsatmaga ko‘ra, biz to‘pni Dmitriyga oshirishimiz, u esa Xaviga uzatishi lozim edi. Ammo bir ikki marta Chigrinskiy Zlatanga ajoyib to‘p uzatmasini amalga oshirdi va hatto Zlatan gol urishiga ham sal qoldi. Ammo tanaffus paytida Pep Chigrinskiyni almashtirib tashladi. Murabbiy uni o‘yin modelini buzayotganlikda aybladi».

Kapello Messini «Yuventus»ga olib kelmoqchi edi