Jamiyat | 09:49 / 21.11.2018
9557
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Artel kompaniyasi gaz plitalaridan foydalanish yo‘riqnomasini taqdim etadi

Gaz plitalari har qanday oshxonaning ajralmas qismidir. Biz har kuni hech qanday texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda gaz plitalarini ishlatamiz va ushbu qoidabuzarliklar qanday oqibatlarga olib kelishini hech o‘ylamaymiz. Turli noxushliklarning oldini olish maqsadida Artel kompaniyasi gaz plitalaridan  foydalanish yo‘riqnomasini taklif etadi. 

Umumiy talablar

Gaz plitasini iste'molchi tomonidan mustaqil o‘rnatilishi qat'iyan taqiqlanadi. Gaz plitasi faqatgina maxsus kvalifikatsiyaga ega mutaxassis tomonidan o‘rnatilishi va ta'mirlanishi lozim.

Gaz plitasi yaxshi ventilyatsiyalanadigan xonada o‘rnatilishi lozim. Uni ishlatganda dudburon qo‘shilgan yoki oyna ochiq bo‘lishi shart. Uydan chiqayotganda gaz plitasini hamda gaz quvuri kranini o‘chirishni unutmang. 

Gaz sizib chiqayotganini sezsangiz, zudlik bilan gazni o‘chiring, xonani shamollating va gaz xizmatiga murojaat qiling. Gaz sizib chiqqan xonada olov yoqish, chekish, chiroq yoqish va elektr uskunalardan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi. 

Olov yoqish

Olov yoqishdan oldin xonani shamollating va xonada gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Agar gugurt yoki gazli yondirgich yordamida olov yoqmoqchi bo‘lsangiz, avval gugurtni yoqish, so‘ng gaz plitasini qo‘shish zarur. Elektr yoki kremniyli yondirgich ishlatgan hollarda avval uchqun oldirib so‘ng gaz plitasini yoqish zarur. 

Olov yoqqanda gaz plitasi konforkasi to‘liq yonganligiga ishonch hosil qiling. Agar konforkaning bir qismi yonmay qolsa, gaz plitasini o‘chirib, so‘ng takroran yoqish lozim. Agar duxovkada gaz hidini sezsangiz, olov yoqish qat'iyan taqiqlanadi. Bu holda duxovkani ochib bir necha daqiqa shamollatish lozim. 

Asosiy talablar

  • Ishlatishdan avval gaz plitasining yo‘riqnomasi hamda texnik ma'lumotlari bilan tanishib chiqing.
  • Gaz quvuridagi bosim gaz plitasining texnik ma'lumotlar kitobchasida qayd qilingan bosimdan oshmasligi shart. Gaz plitalari 20 mbar bosimga ega bo‘lgan tabiiy gaz, hamda 30 mbar bosimga ega suyultirilgan gaz bilan ishlashga mo‘ljallangan. 
  • Gaz ballonlari barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Gaz plitasining gaz quvurlari hamda suyultirilgan gaz ballonlariga qo‘lbola usullar bilan ulash qat'iyan man etiladi. 
  • Elektr uskunalari hamda yonuvchan moddalarni gaz plitasiga yaqin joyda saqlamang. 
  • Gaz plitasini ustki qopqog‘ini konforkalar butunlay sovuganidan keyingina yopish mumkin. 
  • Gaz plitasini har 6 oyda profilaktik ko‘rikdan o‘tkazing.

Qat'iyan taqiqlanadi

  • Ishlayotgan gaz plitasini qarovsiz qoldirish qat'iyan taqiqlanadi.
  • Gaz plitasidan xonadonni isitish uchun foydalanish qat'iyan taqiqlanadi.
  • Gaz uskunalari o‘rnatilgan xonada uxlash yoki dam olish qat'iyan taqiqlanadi.

  • Gaz plitasidan yosh bolalar yoki mast holdagi shaxslarning foydalanishi qat'iyan taqiqlanadi.
  • Gaz sizib chiqish manbaini aniqlash uchun olovdan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi.
  • Gaz plitasini iste'molchi tomonidan o‘rnatilishi, hamda ta'mirlanishi qat'iyan taqiqlanadi.

Gaz plitasida nosozliklar mavjud bo‘lgan holda, ularni mustaqil ravishda ta'mirlashga urinmang. Zudlik bilan gaz xizmatiga (104) yoki gaz plitangizni ishlab chiqargan korxonaning servis markaziga murojaat qiling.

Yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilish sizni nafaqat turli xil noxushliklardan saqlaydi, balki gaz plitangizning  xizmat muddatini ko‘p yillarga uzaytiradi.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid