08:10 / 21.11.2018
10186

Millatlar ligasi. Rossiya yuqori divizion yo‘llanmasini Shvetsiyaga topshirib qaytdi va boshqa natijalar

Foto: RIA Novosti

20 noyabr oqshomida Yevropa Millatlar ligasining guruh bosqichi yakunlandi. 

So‘nggi kun o‘yinlarida o‘z guruhida birinchi o‘rin bilan pley-off masalasini hal qilib ulgurgan Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida bunga qadar guruhning so‘nggi o‘rnini egallashi oydinlashib bo‘lgan Polsha bilan durang qayd etdi (1:1).

Kunning markaziy o‘yini Stokholmda, «B» ligasining ikkinchi guruhi g‘olibligi uchun kurash olib borgan Shvetsiya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Ushbu bahsdan oldin ruslar 7 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan, shvedlar raqibdan uch ochkoga ortda qolayotgandi. Ikki jamoaning Moskvadagi ilk o‘yinida hisob ochilmagan, so‘nggi o‘yindagi durang ham Rossiyani «A» ligasiga olib chiqqan bo‘lardi.

Ammo Stanislav Cherchesov jamoasi ikkita bo‘limda bittadan gol o‘tkazib yuborib, shvedlar darvozasiga yo‘l topa olmadi, natijada o‘zaro o‘yinlar hisob-kitobiga ko‘ra Shvetsiya guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Rossiya navbatdagi chempionatda ham «B» ligasi ishtirokchisi sifatida qoladigan bo‘ldi.

Millatlar ligasi
«A» ligasi
Portugaliya – Polsha 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar
: 1:0 – 33 Andre Silva, 1:1 – 66, penalti Milik.
Portugaliya – Betu, Diash, Pepe, Rodriges, Gerreyru (Joau Mariu, 61), Vilyam Karvalyu, Danilu Pereyra, Sanshesh, Rafa Silva (Bruma, 70), Joau Kanselu, Andre Silva (Eder, 87).
Polsha – Shchensni, Chonek, Bereshinski, Kendzera, Bednarek, Zelinski (Shimanski, 90), Krixovyak, Frankovski, Klix (Guralski, 75), Grositski (Kondzer, 79), Milik.
Ogohlantirishlar: Chonek (11), Bednarek (28), Andre Silva (64), Frankovski (78), Joau Mariu (90).
Chetlatish: Danilu Pereyra (63).

«B» ligasi
Shvetsiya – Rossiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar
: 1:0 – 41 Lindelef, 2:0 – 72 Berg.
Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Lyustig, Augustinsson, Olsson (Telin, 71), Yuxansson, Olsson (Gvidetti, 89), Klasson (Svensson, 80), Larsson, Lindelef, Berg.
Rossiya – Lunev, Jikiya, Nababkin, Noyshtedter, Ignatev, Ionov (Zabolotniy, 69), Kuzyayev, Yeroxin (Ari, 77), Gazinskiy, Dzyuba, Poloz (Kambolov, 46).
Ogohlantirish: Jikiya (44).

«C» ligasi
Qoratog‘ – Ruminiya 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 44 Tsukudyan.

Serbiya – Litva 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 51, avtogol Julpa, 2:0 – 58 Mitrovich, 2:1 – 64 Petravichyus, 3:1 – 71 Priyovich, 4:1 – 74 Lyayich.

Shotlandiya – Isroil 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 9 Kayyal, 1:1 – 34 Forrest, 2:1 – 43 Forrest, 3:1 – 64 Forrest, 3:2 – 75 Zaxavi.

«D» ligasi
Malta – Farer orollari 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 0:1 – 3 Yunsen, 1:1 – 4 Korbalan.

Kosovo – Ozarbayjon 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 2 Zeneli, 2:0 – 50 Zeneli, 3:0 – 61 Rraxmani, 4:0 – 76 Zeneli.

Top