Jahon | 21:47 / 22.11.2018
10405
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik deputatlar parlamentda futbol o‘ynagani uchun jazolanishdi

Foto: The Times

Jamoatchilik palatasi spikeri Jon Berkou Britaniya parlamenti quyi palatasi majlislar zalida futbol o‘ynagan britaniyalik deputatlarga hayfsan e'lon qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Besh nafar ayol deputat qonunchilar ayollar jamoasi tarkibida futbol o‘yinida qatnashishi lozim edi, ammo ular ovoz berish vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgani uchun o‘yinda ishtirok eta olishmadi. Berkou ayollarga zalda futbolchilar libosida suratga tushishga ruxsat berdi. Fotosessiyadan so‘ng Shotlandiya milliy partiyasi a'zosi Xanna Bardell to‘p bilan muomala qildi va deputatlar buni videoga olishdi. Spiker bu holatni nomaqbul deb topdi.

"Butun palata nomidan aytamanki, bizning tarixiy zalimizdan bunday turdagi faoliyat uchun foydalanmaslik darkor. Hamkasblarim agarda majlislardan bo‘sh vaqtlarda zalga mehmonlar tashrifi uyushtirilmaydigan bo‘lsa, zaldan foydalanish bo‘yicha meni xabardor qilishlari zarurligini eslatib qo‘ymoqchiman", — dedi Jon Berkou.

Quyi palata spikeri bu holat uchun barcha ishtirokchilar uzr so‘raganligini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid