Jahon | 01:10 / 22.11.2018
16856
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng boy odami boshpanasizlar uchun 100 mln dollar ajratdi

Amazon asoschisi va dunyoning eng boy odami Jyeff Bezos boshpanasizlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga 97,5 mln dollar xayriya qildi. Bu haqda Bezosning o‘zi tvitterda ma'lum qildi.

“Pulni olganlarni tabriklayman, biz siz ularni aql va qalb amri bilan sarflashingizni bilamiz”, deb yozgan Bezos. U ajratgan xayriya mablag‘arini 24 ta tashkilot olgan.

Ayni vaqtda Bezosning boyligi 127,6 mlrd dollarga baholanmoqda. Yaqin kunlargacha Bezos eng boy amerikaliklar beshtaligidan xayriya ishlariga katta mablag‘lar sarflamaydigan yagona milliarder hisoblanardi. “Rafiqam Makkenzi va men har qanday odamning sa'y-harakatlari umumiy farovonlik uchun xizmat qilishiga ishonamiz”, deb aytgandi Bezos. Amerikalik eng saxiy milliarder Uorren Baffett hisoblanadi. U xayriya ishlariga milliardlab dollar ajratib keladi.

Mavzuga oid