Jahon | 15:15 / 22.11.2018
6303
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Dolce & Gabbana bilan bog‘liq mojaro diplomatik janjalga aylanmasligiga umid qilmoqda

Foto: REUTERS

Xitoy Italiyaning dunyoga mashhur Dolce&Gabbana moda brendi bilan bog‘liq mojaro diplomatik janjalga aylanib ketmasligiga umid qiladi, dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan.

Avvalroq Dolce&Gabbana Shanxaydagi modalar ko‘rgazmasining reklama roligi namoyishi va kompaniya asoschilaridan biri nomidan aytilgan izohlar uchun janjal markazida qolgandi. Kompaniya irqchilik va seksizmda ayblandi, shou esa bekor qilindi. Mojaro brendning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida xitoylik model qiz cho‘plar bilan italyan taomlari - pitssa, spagetti va kannoli yeyayotgani, kadr ortida esa erkak kishi unga qiyin masalani qanday hal qilish mumkinligini o‘rgatib gapirgani aks etgan videorolik joylashtirilganidan so‘ng kelib chiqdi.

Mojaro ortidan Xitoydagi yirik internet savdo platformalari sotuvdan Dolce&Gabbana mahsulotlarini olib tashlashdi.  

Xitoy shou-biznesining aksariyat taniqli vakillari mazkur videoni irqchilik ruhida deb baholashdi va brend bilan aloqalarni uzishlarini ma'lum qilishdi.  

Buning ustiga, Instagram tarmog‘ida videorolikka go‘yoki kompaniya asoschilaridan biri Stefano Gabbana nomidan Xitoy va xitoyliklarni tahqirlovchi izohlar yozilgani vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Keyinroq brend Gabbananing akkaunti buzib kirilganini ma'lum qildi va tarmoqdagi izohlar uchun uzr so‘radi.

Mavzuga oid