Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy egasini chalg‘itib, 21 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘marib ketgan shaxs ushlandi
Shu yilning 13 oktabr kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi Ye.K. (ayol)ning uyiga qog‘oz chiqindilarni sotib olishni aytib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs uning chalg‘iganligidan foydalanib uyidan umumiy qiymati 21 mln. 400 ming so‘mlik 15 turdagi zargarlik buyumlari, uy suvenirlarini o‘g‘irlab ketganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bektemir tumanida yashovchi S.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026