Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon bankining texnik ko‘mak guruhi O‘zbekistonga keldi
Jahon banki ekspertlari guruhi Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi MB axborot xizmati.
Jadal rivojlanayotgan bozor sharoitida iqtisodiy o‘sishni ta'minlashda barqaror va samarali bank tizimining ahamiyatini inobatga olgan holda, shuningdek bank tizimining barqarorligini ta'minlashda regulyatorning o‘rni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan umumjahon tendensiyasidan kelib chiqib “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi.
Markaziy bankning asoslantirilgan mulohazalarini qo‘llash bo‘yicha vakolatlarini hamda riskka asoslangan nazoratni amalga oshirishda oldindan ta'sir ko‘rsatishni jamlagan qonun loyihasi banklarni prudentsial nazorat qilish usullarini takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Mazkur qonun loyihasi aksiyadorlar, Kengash va Boshqaruv a'zolariga yuqori malaka va ishbilarmonlik obro‘-e'tibori talablari belgilanishi hamda bank xizmatlari ommabopligini sezilarli darajada kengaytirish, banklarga autsorsing xizmat turlaridan foydalanish huquqini taqdim etishga qaratilgan. Shu bilan birga, banklarda moliyaviy texnologiyalarni (FinTech) rivojlantirishni rag‘batlantirish va axborot xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Qonun loyihasi bank xizmatlarini jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish va bank tavakkalchiliklarini boshqarishni joriy qilish o‘rtasidagi muvozanatni ta'minlashga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
19:54 / 15.07.2026
Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etildi
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
10:35 / 10.07.2026
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
19:08 / 07.07.2026