Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2022 o‘yinlari Qatardan tashqarida ham o‘tkazilishi mumkin
Qatarda o‘tkaziladigan JCh-2022 ishtirokchilari soni 32tadan 48taga oshirilsa, o‘yinlar miqdori 64tadan 80taga ko‘payadi. Natijada, jahon chempionati uchun qurilayotgan stadionlar yetarli bo‘lmay qolishi mumkin.
FIFA prezidenti Janni Infantino bayonotiga ko‘ra, bu holat yuz bersa, ba'zi o‘yinlar Qatardan tashqarida o‘tkazilishi ham mumkin.
«Qatarda 8ta stadion qurilmoqda, mamlakat 32ta jamoa ishtirok etadigan mundialga tayyorgarlik ko‘ryapti. Agar ishtirokchilar soni 48taga yetsa, Qatar tashkiliy masalada qiynalib qolishi mumkin.
Shuning uchun ham ba'zi o‘yinlarni Qatardan tashqarida o‘tkazish imkoniyatlarini izlashga to‘g‘ri keladi. Bu esa qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu muammolarni hal qilishimizga to‘g‘ri keladi», — deb Infantino so‘zlarini keltirmoqda The Guardian.
«Ishtirokchilar sonining oshirilishiga keladigan bo‘lsak, buni ochiq oydin, do‘stona davrada muhokama qilmoqdamiz. Agar buning iloji topilsa, juda ham xursand bo‘lar edim», – dedi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 ilk marotaba qishda, 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026