Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi rahbarlardan qonun hujjatlari loyihalari o‘zbek tilida joylashtirilishini so‘radi
«Kun.uz» saytida 21 noyabr kuni «O‘zbek tilidagi qonun loyihalari bilan qachon tanishamiz?» sarlavhali maqola nashr etilgan, unda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilayotgan aksariyat qonun va qarorlar loyihalari o‘zbek tilida emasligi tanqid ostiga olingandi.
22 noyabr kuni Adliya vazirligi barcha vazirlik, idoralar va hokimliklarga qonun hujjatlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga o‘zbek tilida joylashtirilishini ta'minlash to‘g‘risida xat jo‘natgan.
«Davlat tili haqida»gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e'lon qilinadi.
Biroq, o‘tkazilgan tahlillar ayrim holatlarda normativ-huquqiy loyihalarini ishlab chiquvchi vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun faqat rus tilida joylashtirilayotganini ko‘rsatmoqda.
Mazkur holat keng jamoatchilik va tadbirkorlik sub'yektlarining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda hamda muhokama jarayonida ularning ishtiroki cheklanishiga olib kelmoqda», deyiladi xatda.
Adliya vazirligi vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlaridan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari davlat tilida va zaruratga ko‘ra boshqa tillarda joylashtirilishini ta'minlashni so‘ragan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning avgust oyidan boshlab, Adliya vazirligining qonunchilik boshqarmalari davlat tilida taqdim qilinmagan qonun hujjatlari loyihalariga rasman e'tiroz yozish yo‘lga qo‘yilgan. Vazirlikda o‘tkazilgan yig‘ilishlarning birida Qonunchilik bosh boshqarmasining mas'uli barcha vazirlik, idoralarning yuridik xizmat rahbarlarini davlat tili to‘g‘risida qoidalar buzilayotgani bo‘yicha qattiq tanqid qilgan va jiddiy ogohlantirgan.
Axborot uchun, 2007 yildan buyon vazirlikdan davlat ro‘yxatidan o‘tadigan idoraviy normativ hujjatlar faqat davlat tilida ro‘yxatdan o‘tishi ta'minlab kelinmoqda.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026