Belgiya O‘zbekistonga minnatdorchilik izhor etdi
2018 yilning 22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bryussel shahrida Belgiya Qirolligi bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi va Yevropa ishlari vaziri Dide Reynders bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda hamkorlikni, jumladan O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi shaklidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga asosiy e'tibor bergan holda ikki tomonlama munosabatlar ko‘rib chiqildi.
Belgiya tomoni BMT Xavfsizlik kengashining 2019-2020 yillardagi doimiy bo‘lmagan a'zolari saylovida O‘zbekistonning Belgiya nomzodiga ovoz bergani uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Suhbatda ikki tomon ham savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni chuqurlashtirishga muhim ahamiyat berishi ta'kidlandi. O‘zbekiston tomoni iqtisodiyotning tekstil, elektrotexnika sanoati, qurilish industriyasi kabi sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda Belgiya ishbilarmon doiralarining faollashuvini qo‘llab-quvvatlaydi.
Uchrashuvda ekologiya, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishiga ko‘mak berishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024