Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishiga ko‘mak berishga tayyor
2018 yilning 22 noyabr kuni Bryussel shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya «O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi» hamkorlik kengashining 14-majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Yevropa ittifoqi delegatsiyasiga hozirda YeIga raislik qilayotgan Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Karin Knyaysel boshchilik qildi.
Tadbirda ikki tomon kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan deyarli barcha masalalar bo‘yicha mavqe va qarashlar yaqinligi yoki mos kelishi hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni 23 noyabr kuni boshlashga kelishib olindi. Ushbu bitim 1999 yil 1 iyuldan buyon amal qilayotgan O‘zbekiston va Yevropa hamjamiyatlari hamda ularga a'zo davlatlar o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Yevropa tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishiga ko‘mak berishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Xususan, Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatishda faol hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Majlis yakunida Abdulaziz Komilov va Karin Knyaysel matbuot anjumani o‘tkazdilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ittifoqi mintaqalarda aholini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga 25 mln yevro ajratishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
11:41 / 19.09.2025