Jahon | 07:17 / 23.11.2018
4835
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilarning hujumi oqibatida yuzga yaqin askar halok bo‘ldi

Foto: REUTERS

Nigeriyada jangarilarning harbiy bazaga hujumi oqibatida yuzga yaqin askar halok bo‘ldi. Bu haqda 22 noyabrda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Jangarilar Borno shtatining shimolidagi Metele qishlog‘ida joylashgan bazaga hujum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, ko‘plab askarlar hujumdan keyin bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Harbiylardan birining aytishicha, halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini olish vaqtida yana bir necha harbiy o‘ldirilgan.

“Isyonchilar bizga qo‘qqisdan hujum qilishdi. Baza yoqib yuborildi, 100 ga yaqin askarimizni yo‘qotdik. Bu katta yo‘qotish”, deb aytgan noma'lum bo‘lib qolishni istagan zobit.

Qishloq jangarilar nazoratiga o‘tgan, shuningdek ularning qo‘liga tank va qurol-aslaha o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid