Jahon | 08:39 / 23.11.2018
4278
2 daqiqa o‘qiladi

O‘g‘irlangan o‘g‘il. Chexiya parlamenti bosh vazir hukumatiga ishonchsizlik bildiradi

Foto: AP

Chexiya parlamenti 23 noyabr, juma kuni, maxsus yig‘ilish o‘tkazadi, unda bosh vazir Andrey Babishning o‘g‘li bilan yuz bergan mojaro tufayli Chexiya hukumatiga ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, hukumatga nisbatan ishonchsizlikning yangi to‘lqiniga bosh vazir o‘g‘li bilan uyushtirilgan intervyu e'lon qilinishi sabab bo‘ldi. Uning aytishicha, go‘yoki 2017 yilda Moskva va Qrimda bo‘lgan. Kichik Babishning ma'lum qilishicha, uni «o‘g‘irlab ketishgan» va Qrimga majburan jo‘natishgan, bu otasining firmasi bo‘yicha surishtiruvdan yashirish maqsadida amalga oshirilgan.

Bosh vazirning bu so‘zlarga javoban ma'lum qilishicha, o‘g‘li shizofreniya kasalligiga chalingan. Keyinchalik kichik Babishning tashxisi haqidagi so‘zlar, u kuzatuvda bo‘lgan klinikadan tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiyada bosh vazirning o‘g‘li siyosiy inqirozga sababchi bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid

E`lonlar