21:42 / 23.11.2018
22702

Urganchda 4000 kishiga mo‘ljallangan jome masjidi qurilishi yakunlandi

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida «Niyoz Muhammad Oxund bobo» jome masjidi qurilishi yakunlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga amaliy tashrifi davomida yangi masjid poydevoriga birinchi tamal toshini qo‘yib, masjidning ko‘rkam, barcha talab va ehtiyojlarga mos bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha topshiriq berib, fikr-mulohazalar bildirgan edi.

Oradan bir yarim yildan oshiqroq vaqt o‘tgach, xayrli ish nihoyasiga yetdi. Umumiy maydoni 3,5 gektarni egallagan masjid majmuasida 4000 nafar namozxon uchun zarur bo‘lgan barcha shart–sharoitlar yaratilgan.

Masjid chorburchak shaklida bo‘lib, uning qishki namozxonasi tepasida mahobatli gumbaz qad rostlagan. Masjid yonida balandligi 47 metr bo‘lgan minora bor. Bu masjidning me'moriy tuzilishi jihatidan O‘zbekistonda o‘xshashi yo‘qdir. 

Hozirda masjid binosida so‘nggi ta'mirlash, bezash ishlari olib borilmoqda.

 

Top