Vetnamda bo‘ron sababli yarim million kishi evakuatsiya qilindi
Vetnamda “Usagi” tropik bo‘roni sababli yarim million kishi evakuatsiya qilindi. Mahalliy Thanh Niên nashrining ma'lum qilishicha, bo‘ron Vetnamning eng yirik shahri hisoblangan Xoshimin shahri tomon yo‘nalmoqda.
Odamlarni evakuatsiya qilishda turli idoralarning 30 ming vakili ishtirok etgan. Umumiy ekipaji 23 ming kishini tashkil qiladigan 4 mingga yaqin baliq ovlovchi kema xavfsiz joylarga qaytmoqda.
23 noyabrda ertalab “Usagi” Vungtau shahridan 270 km uzoqlikda bo‘lgan. Undagi shamol tezligi 75 km/soatga baholangan. Prognozlarga ko‘ra, bo‘ron quruqlikka 25 noyabrga o‘tar kechasi yetib keladi.
Mamlakatning janubi, janubi-sharqi va sharqida kuchli shamol, baland to‘lqinlar va kuchli yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi hududlarda 500 mm gacha yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:54 / 26.08.2023
AQShning «manglayidagi qora dog‘» – amerikaliklar Vetnamdagi qishloq aholisini nega qatliom qilgandi?
18:30 / 23.05.2023
«General asirni o‘ldirdi, men fotoapparatim bilan generalni o‘ldirdim» – Vetnam urushining shafqatsizliklari tasvirlangan surat tarixi
11:11 / 23.03.2023