Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning AQShdagi elchisi ilk bor ayol kishi bo‘ldi
Afg‘onistonning AQShdagi elchisi lavozimiga ilk bor ayol kishi – Roya Rahmoniy tayinlandi. Bu haqda 1TVNews telekanali ma'lum qildi.
Rahmoniy avval Afg‘onistonning Indoneziyadagi elchisi bo‘lgan.
“Roya Rahmoniy Afg‘onistonning eng iste'dodli diplomatlaridan hisoblanadi, u Indoneziyadagi faoliyati vaqtida muvaffaqiyatlarga erishgan. U Afg‘onistonning AQShdagi elchisi etib tayinlandi va tez orada u yerdagi faoliyatini boshlaydi”, deb ma'lum qilgan Afg‘oniston prezidentining matbuot kotibi Xorun Chaxansuri.
Rahmoniy Afg‘onistonning AQShdagi sobiq elchisi Hamdulloh Mohiy avgustda Afg‘oniston milliy xavfsizligi maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgani munosabati bilan yangi lavozimga tayinlandi.
Mavzuga oid
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
07:24
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
22:40 / 05.05.2026