Jahon | 00:19 / 25.11.2018
8550
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi norozilik namoyishlarida 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi, 130 kishi hibsga olindi

Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner shanba kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etganini ma'lum qildi, deb xabar berdi BFMTV telekanali.

“Sariq nimchalar” harakati Fransiyada yonilg‘i narxi oshirilishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazdi.  

Kristof Kastaner shuningdek, namoyishlar vaqtida 130 kishi qo‘lga olinganini bildirdi.

“Bugun ko‘plab hibsga olishlar o‘tkazildi. Butun Fransiya bo‘yicha jami 130 kishi qo‘lga olindi”, dedi u.

Fransiyada 1 yanvardan bir litr benzin narxi 2,9 yevrosentga, dizel narxi 6,5 yevrosentga oshadi. Europe1 radiostansiyasining ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil davomida dizel yonilg‘isi narxi 23%, benzin narxi 15%ga oshgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid