Dunyodagi ğoyalar uruşining yorqin misoli, öz davlatçilik uslubining xatoligiga qaramay qat'iyat, har qança rivojlaniş va kuçli tarafdorlar bölişiga qaramay ziddiyatga töla yeçim topa olmaslik... Mana şu sözlar Şimoliy va Janubiy Koreya davlatlarining bugungi holatiga qisqa ta'rif böla oladi. Bir millatdan iborat ikki davlat hamon rasman özaro uruş maqomini saqlab turibdi.

Davlatlarning nomlanişi ham juda antiqa. Janubiy Koreya rasman Koreya Respublikasi deb nomlansa, Şimoliy Koreya demokratiyadan asar bölmagani holda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) degan jarangdor nomni bexijolat qabul qilib olgan. Janubiy Koreya butun dunyoga öz eşiklarini oçib qöygan, bu davlat haqida istagança axborot oliş mumkin. KXDR esa buning butunlay aksi, boşqa davlatlar muxbirlari bu mamlakatdan erkin faoliyat olib bora olmagani kamlik qilgandek, internet ham deyarli uzib qöyilgan.

Mamlakatning rasmiy axborotnomalarida esa «AQŞ imperialistlarini quvib yuborgan koreys xalqi millatning «porloq yulduzi» rahnamoligida erişayotgan mislsiz yutuqlar, tez orada asli KXDRga tegişli bölgan mamlakatning janubiy hududlari ham ozod qilinişi» haqidagi jarangdor axborotlar tarqatiladi.

Janubiy Koreya va qator xorij naşrlari esa Şimoliy Koreya aholisi öta abgor ahvolda yaşayotgani, hatto oçlik çangalida qolgani, davlat boşqaruvida öta şafqatsiz tizim minglab odamlarning yostiğini quritayotgani haqida bong uradi.

Qisqa qilib aytganda, har ikki tomon öz tuzumining mutlaq adolatli ekanligi haqida jar solgani holda qöşnisining hududlari aslida öziga tegişli ekanligini, ularni ozod qiliş muqaddas burçligini ta'kidlaşdan töxtamaydi.

Xöş, bu qadar ziddiyatning asl ildizi qayerda?

Hammasi bir asrdan ham nariga borib taqaladi. 1910 yildan to Ikkinçi jahon uruşiga qadar yagona Koreya davlati Yaponiyaning mustamlakasi bölgan. Yaponlar bu hududdan turib nafaqat Koreyani, balki Xitoyning katta hududini nazorat qilişardi. Koreyaning bölinib qolişida aynan mana şu jihat asosiy rol öynaydi. Ikkinçi jahon uruşi yakuniga köra, hududni yaponlardan ozod qiliş zarurati tuğildi. Şimol tomondan sobiq SSSR, janubdan AQŞ va uning ittifoqçilari Koreya yarimorolini yapon bosqinçilaridan ozod qilişdek ezgu maqsad yölida birlaşdi. Ular mamlakat hududini 38-paralleldan qoq ikkiga ajratib, ikki tomonga öz askarlarini joylaştirişdi va tozalaş işlarini boşlab yuborişdi. E'tiborli jihati keyinçalik ikki tuzumni ajratuvçi bu çiziq vaqtinça va şartli ravişda çizilgandi.