Koreyalararo uçinçi sammit 18-20 sentabr kunlari KXDRda bölib ötadi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining maxsus vakili xabar berdi.

«Birinçidan, Janub va Şimol 18-20-sentabr kunlari Pxenyanda Koreyalararo sammitni ötkazişga kelişib oldi, şuningdek, uçraşuvga tayyorgarlik köriş maqsadida har hafta yuqori darajada muzokaralar ötkaziladi», - deya xabar berdi maxsus vakili KXDRga safaridan söng.

Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya yetakçisi Mun Çje In bilan KXDR bilan muloqot istiqbollarini muhokama qilgandi.

Aniqlik kiritilişiça, telefon orqali özaro muloqot davomida yetakçilar Koreya yarim orolidagi vaziyat rivoji, şuningdek, yadrosizlaniş böyiça muzokaralarni muhokama qilgan.

Eslatib ötamiz, bundan avval Kim Çen In ikki hafta «yöqolib qolganidan» keyin omma oldida köriniş bergandi.