Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In yuqori texnologik qurolni sinovdan ötkazişda qatnaşdi. Bu haqda Şimoliy Koreya OAVga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.   

Ta'kidlanişiça, gap yaqinda işlab çiqilgan taktik xarakterdagi qurol haqida bormoqda. 

Şimoliy Koreya markaziy televideniyesi uzoq vaqt davomida yaratilgan “eng zamonaviy” qurolning sinovi mudofaa milliy instituti poligonida ötganini ma'lum qilgan. “Yuqori texnologik taktik qurol sinovi uning ilğor körsatkiçlariga mos ravişda muvaffaqiyatli ötkazildi”, deb aytilgan bayonotda. 

Kim Çen In dala sinovlariga 2017 yil noyabrdan beri ilk bor taşrif buyurdi. U sönggi marta qit'alararo ballistik raketa otilişi ortidan kuzatgan.

Janubiy Koreya axborot agentligining ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreya yangi qurolning sinovdan ötkazilganini Pxenyanni qurolsizlantiriş böyiça muzokaralar töxtab qolgani ortida xabar qilgan. 

12 iyunda Singapurda Donald Tramp va Kim Çen In Şimoliy Koreya AQŞ bilan munosabatlar yaxşilanişi va Koreya yarimorolida uruş holatining rasman tugatilişiga javoban yadroviy va raketa dasturlarini tugatişga kelişib olişgandi.

Biroq öşandan beri aniq qadamlar amalga oşirilmagan: Pxenyan Vaşingtondan erişilgan kelişuvlar bajarilişini kutmoqda, AQŞ ma'muriyati esa Şimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlanişi böyiça yangi qadamlari yöqligidan norozilik bildirmoqda.