Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatida bojxonachilar televizor va yondirgichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Viloyatning Yangiqo‘rg‘on tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.S hamda uning ukasi X.I boshqaruvidagi ikkita «Lasetti» rusumli avtomashinalar tezkor kuzatuvga olingan.
Ushbu avtoulovlar Namangan shahri hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashinalar saloni va yukxonasida muqaddam qo‘shni davlatdan yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 74 mln. so‘mlik, 29 dona rangli televizor va 41 500 dona yondirgich (zajigalka) tovarlari borligi va ular savdo do‘konlariga qayta sotish maqsadida olib ketilayotgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
19:55 / 25.12.2025