Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada aloqa tizimida yirik miqyosdagi uzilish sodir bo‘ldi
Janubiy Koreyaning ikkinchi o‘rinda turuvchi KT operatorining qurilmalar xonasida yuz bergan yong‘in sababli Seulning bir qismi internetsiz va telefon hamda mobil aloqasiz qoldi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in telekommunikatsiya qurilmalari joylashgan va optik tolali aloqa kabellari o‘tgan bino yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Yong‘inga qurilmalarni sovutish tizimining o‘chib qolganligi, uzluksiz quvvat batareyalarining xavfli holatda joylashtirilganligi hamda o‘t o‘chirish tizimining ishdan chiqqanligi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Yong‘inni o‘chirish uchun o‘n soatdan ortiq vaqt ketgan.
Oqibatda Seulning beshta markaziy munitsipaliteti va Koyan shahrida internet, mobil va telefon aloqasi ishlamayapti. Ko‘p joylarda to‘lov uchun faqat naqd pul qabul qilinmoqda.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, aloqani tiklash ishlariga kamida bir hafta ketadi.