Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya vs Ukraina. Litva Kiyevga yordam taklif qildi, YeXHT maxsus majlis chaqiradi
Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Kerch bo‘g‘ozidagi voqeadan so‘ng, Ukrainaga yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Delfi xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni o‘ziga olgan majburiyatlar va xalqaro kelishuvlarni buzmoqda.
«Shubhasiz, Rossiya Ukrainaga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tajovuzkor urush olib bormoqda», - deya ma'lum qildi Gribauskayte.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Litva Rossiya tomonining xatti-harakatlarini qoralaydi va uni Ukraina kemalari hamda qo‘lga olingan ekipaj a'zolarini ozod etishga chaqiradi.
Shuningdek, xabar berilishicha, YeXHT doimiy kengashi Ukraina talabiga ko‘ra maxsus majlisga yig‘iladi. Bu haqda Ukrainaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasi tvitterda xabar berdi.
«Bugun Kiyev vaqti bilan soat 17:00da (Toshkent vaqti bilan soat 20:00) YeXHT doimiy kengashining maxsus majlisi bo‘lib o‘tadi. U Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko topshirig‘iga ko‘ra Ukrainaning YeXHTdagi delegatsiyasi talabiga ko‘ra chaqiriladi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Turkiya ham ushbu mojaro bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
Ushbu davlatdan ma'lum qilishlaricha, Kerch bo‘g‘ozidan Qora dengizga boradigan yo‘llar to‘sib qo‘yilmasligi lozim. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi veb-saytidagi bayonotda aytiladi.
Avvalroq, Moskva Ukraina harbiy kemalari bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng barcha kemalar uchun Kerch bo‘g‘ozini yopib qo‘ygandi. Anqara «mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka» putur yetkazishi mumkin bo‘lgan qadamlardan qochishga chaqirdi. Shuningdek, vazirlik bayonotida xalqaro huquqqa hurmat bilan qarash talabi qo‘yilgan.
Tashqi ishlar vazirligidan ta'kidlashlaricha, Azov dengizi va Kerch bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan voqealar hamda keskinlikning kuchayishi jiddiy kuzatib borilmoqda. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi Ukraina kemalariga qarata o‘t ochilgani, ekipaj esa yaralangani haqidagi xabarlardan tashvishda ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq The Washington Post Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayishi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:34 / 10.07.2026