Rossiya va Ukraina örtasida ziddiyat dam oliş kunlari, ikki mamlakat bir-birini Qora dengizdagi provokatsiyada ayblaganidan söng yanada keskinlaşdi, deb yozmoqda The Washington Post.
Naşrning qayd etişiça, hodisa paytida Moskva strategik muhim suv yölini yopdi, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko esa javob sifatida harbiy holat joriy etilişini bildirdi.
Xususan, 25 noyabr kuni Rossiya Ukrainaning uçta kemasi Kerç böğoziga kirişiga yöl qöymadi. Ukraina harbiy-dengiz kuçlari ma'lumotiga köra, rus kemalari Ukraina flotiga qarata öt oçib, olti nafar dengizçini yaralaşdi, ikkita kemani qölga olişdi. Öz navbatida, Rossiyaning ma'lum qilişiça, Ukraina floti uning suvlariga noqonuniy kirib kelgan. Ukraina bu pozitsiyaga qöşilmadi.
Ukrainadagi harbiy holat rasmiylar va harbiylarga milliy xavfsizlikni ta'minlaş uçun kerakli vakolatlarni beradi. U sönggi vaqtlarda past reytinglarga ega bölgan Poroşenkoga odatdagidan köproq mustaqil harakat qilişga imkon berişi mumkin. Gazetaning ta'kidlaşiça, Rossiya bilan sodir bölgan voqea paytida Kiyevdagi kayfiyat «jangovar» edi. Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukrainani «jinoyatçilar uslublari»dan foydalanganlikda aybladi.
Har ikki davlat BMT Xavfsizlik kengaşining favqulodda yiğilişini çaqirtirdi. Rossiya - Ukraina qarama-qarşiligi Moskva hamda Kiyev örtasidagi ziddiyat yanada keskinlaşişini bildiradi, deyiladi materialda.
WPning yozişiça, Moskva Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim köprigini oçgaç, Kerç böğozi ustidan nazoratni kuçaytirdi. Sönggi oylarda Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi keskinlik nafaqat tobora kuçayib bormoqda, balki yangi sohalarga ham yoyilyapti. Xususan, ötgan oy Ukraina pravoslav çerkovi rasman Moskva nazorati ostidan çiqqanidan söng mojaro diniy masalada ham yuz berdi, deyiladi materialda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga talab qöygandi.












