Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘yi kuni o‘qotar quroldan jarohat olgan kuyov to‘y bazmida ishtirok etishga qaror qildi
Hindistonda to‘yi kuni o‘qqa uchragan kuyov shifoxonada 3 soat o‘tkazgach, to‘y bazmida paydo bo‘ldi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.
Voqea Nyu-Dehlida yuz bergan. To‘y shodiyonalari dastlab kuyovning uyida boshlangan, so‘ngra 25 yoshli yigit oilasi bilan to‘y bazmi o‘tishi kerak bo‘lgan joyga aravada yo‘l olgan. Unga yo‘lda qarindoshlari raqsga tushib, hamrohlik qilib borishgan. Biroq yo‘lda to‘satdan aravaga ikki erkak sakrab chiqib, kuyovga o‘q uzgan va o‘ng yelkasiga jarohat yetkazgan.
“Dastlab u nima yuz berganini anglamagan. Biroq achishish va yelkasida qonni sezgach, aravadan tushib, bu haqida qarindoshlariga xabar qilgan. Bungacha esa bosqinchilar yashirinishga ulgurishgan”, deb aytilgan politsiyada.
Kuyov shifoxonaga olib borilgan, biroq 3 soat o‘tgach to‘yxonaga borib, bazmda ishtirok etgan.
Ammo to‘y tugagach, kuyovga jarrohlik aralashuvi talab qilingani sababli, shifoxonaga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Politsiya ushbu suiqasd yuzasidan tergov boshlagan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026