Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank: esdalik tangalari narxi har haftada kamida bir marta belgilanadi
Markaziy bank sotuvga chiqarilayotgan esdalik tangalari haqida yangi ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu esdalik tangalarini sotib olishda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiq:
1) Sotuvga qo‘yilgan esdalik tangalar narxi joriy yilning 27 noyabr kuni e'lon qilinadi va sotuv boshlanadigan kun 28 noyabrdan kuchga kiradi.
2) Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esdalik tangalar sotuv narxini har haftada kamida bir marta belgilaydi.
3) Sotib olish paytida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmaydi. Esdalik tangalarini rezident va norezidentlar sotib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgani, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
19:43 / 04.07.2026
Eskrou orqali rasmiylashtirilgan oldi-sotdi bitimlari o‘sishda davom etmoqda
15:00 / 03.07.2026