Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina chegarada rossiyaliklar uchun cheklov joriy qildi
Ukrainaning Xerson oblastidagi nazorat-o‘tkazuv punktida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga kiruvchi va undan chiquvchi rossiyaliklarga cheklov o‘rnatildi. Bu haqda UNN nashri Xerson oblasti adminstratsiyasi rahbari Andrey Gordeyevga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Uning aniqlik kiritishicha, gap «Chaplinka», «Kalanchak» va «Chongar» nazorat-o‘tkazuv punktlari ketmoqda, bu cheklovlar Ukraina hamda boshqa davlatlar fuqarolariga taalluqli bo‘lmaydi.
Bu cheklovlar 25 noyabr kuni Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalari Rossiya tomonidan qo‘lga olinishi ortidan 26 noyabr kuni mamlakatda harbiy holat e'lon qilinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
TASS agentligi xabariga ko‘ra, Ukraina hududiga 26 va 27 noyabr kunlari Minskdan uchib kelgan reyslarda bo‘lgan o‘nlab rossiyaliklar ham kiritilmagan. Belarus tomoni ma'lumotiga ko‘ra, Kiyevdan Minskka uchgan samolyot 35 nafar rossiyalikni qaytarib olib ketgan.
Ukraina Oliy radasi 26 noyabr kuni Ukrainaning Rossiya hamda Dnestr bo‘yidagi tan olinmagan hududlar bilan chegaradagi 10ta oblastida harbiy holat joriy etdi. Harbiy holat joriy etish taklifi 25 noyabr kuni Kerch bo‘g‘ozida ro‘y bergan voqeadan keyin Ukraina prezidenti Petro Poroshenko tomonidan berilgandi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:15 / 10.07.2026
Lvivda olomon harbiy komissariat avtomobilini ag‘darib tashladi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
10:10 / 10.07.2026