Poroshenko Ukraina himoyasini tashkillashtirishga qancha vaqt talab etilishini ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukrainaga qarshi tajovuz qilinishi holatida mamlakatning samarali himoyasini tashkillashtirishi uchun sanoqli daqiqalar talab etilishini aytdi.
“Agar tajovuz qilinsa, menga Ukraina himoyasini tashkillashtirish uchun daqiqalar talab qilinadi”, deb aytgan Poroshenko.
Shuningdek, Poroshenko mamlakatda kiritilgan harbiy vaziyat tartibi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari cheklanishiga sabab bo‘lmasligiga va'da bergan.
“Kontsertlar o‘tkazing, banklarga boring. Biroq do‘konlarga chopib, gugurt va tuz g‘amlash kerak emas”, deb aytgan Poroshenko.
Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning saqlanishi uning prinsipial pozitsiyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024