Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida oltita mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkentda kecha oltita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, bir kishi jarohat oldi.
«27 noyabr kuni, taxminan soat 21:30larda, Olmazor tumanidagi Sebzor va Nurafshon ko‘chalari kesishmasida oltita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Avtomobillardan birining haydovchisi jarohat oldi», - deya xabar berishdi poytaxt IIBBdan.
Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholayaptilar.
Yo‘l-transport hodisasiga aynan jarohat olgan haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi sabab bo‘lgan: u svetoforning taqiqlovchi signalida chorrahaga chiqib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mudofaa vazirligi Qarshidagi YTH bo‘yicha rasmiy axborot bergandi.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
18:50 / 24.06.2026