Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp GM’ga tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi o‘z sahifasida General Motors (GM) avtomobil korporatsiyasiga subsidiyalarni olib tashlash bilan tahdid qildi. Bu kompaniya moliyaviy muammolar sababli Amerika fabrikalaridagi minglab ishchilarni ishdan bo‘shatish rejalari haqida e'lon qilgani tufayli yuz berdi.
Trampning e'tibor qaratishicha, GM Qo‘shma Shtatlarning Ogayo, Michigan va Merilend shtatlarida zavodlarni yopish niyatida, biroq, shu bilan birga, Meksika hamda Xitoydagi fabrikalar qolmoqda. Shu munosabat bilan Amerika yetakchisi korporatsiyaga barcha subsidiyalarni qisqartirish niyatida ekanini bildirdi.
«Qo‘shma Shtatlar General Motors’ni saqlab qoldi. Endi esa bu bizga ko‘rsatilayotgan minnatdorlik belgisi!», - deya yozgan Tramp.
Uning fikriga ko‘ra, GM’ning Amerika va Xitoy bozorlariga bo‘lgan taklifi o‘zini qoplamaydi.
«Men amerikalik ishchilarni himoya qilishim kerak!», - deya xulosa qilgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xitoyga qarshi yangi bojlar joriy etishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
00:19 / 07.11.2025
Prezident GM rahbari bilan mahsulot turlarini kengaytirishni muhokama qildi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
18:59 / 10.05.2024