AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga 267 mlrd dollarlik yangi bojlar joriy etişi mumkin. Bu haqda Qöşma Ştatlar yetakçisi The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.

Tramp Vaşington Pekinning importga bojlarni hozirgi 10 foizdan 25 foizgaça oşirmaslik töğrisidagi taklifini qabul qilişi «ehtimoldan juda yiroq»ligini aytdi. Amerika yetakçisining ma'lum qilişiça, bojlar Xitoydan import qilinuvçi gadjyetlarga boğliq bölişi mumkin. U bu haqda xitoylik hamkasbi - XXR raisi Si Tszinpin bilan uçraşuvdan bir neça kun oldin xabar berdi. Uçraşuv 30 noyabr - 1 dekabr kunlari Argentinada bölib ötadigan G20 sammiti doirasida taşkillaştiriladi.

Trampning WSJ bilan suhbatda bildirişiça, agar yetakçilar muzokaralari AQŞ uçun ijobiy natijalarga olib kelmasa, Xitoyning barça qolgan importiga bojlar joriy etilişi mumkin.

Trampning sözlariga köra, agar Vaşington va Pekin örtasida savdo kelişuviga erişilmasa, Qöşma Ştatlar heç qanday zarar körmaydi. Amerika yetakçisining fikriça, mamlakat Xitoy importidan olinadigan bojlardan yutadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy va Rossiya dollar ustunligini sindirmoqçi ekani xabar berilgandi.

South China Morning Post xabariga köra, Rossiya va Xitoy Amerika dollaridan qaramlikni kamaytirişga harakat qilmoqda va ikki tomonlama hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalaniş böyiça kelişuvni işlab çiqmoqda.