Jahon | 19:56 / 28.11.2018
15776
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada prezident saylovlari o‘tadigan sana ma'lum bo‘ldi 

Foto: Ukraina Oliy Radasi Matbuot xizmati

Ukraina prezidenti saylovlari mamlakatda harbiy vaziyat kiritilishigacha rejalashtirilgandek, 2019 yil 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 
  
Oliy rada raisi Andrey Parubiy saylovlar o‘tkaziladigan sanani belgilash bo‘yicha qarorni imzolagan.  

Oliy rada qaror uchun 26 noyabrda, harbiy vaziyat kiritilishi bo‘yicha ovoz berishdan keyin ovoz bergan.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saylovoldi kampaniyasining belgilangan muddatlarda boshlanishiga to‘sqinlik qilmaslik maqsadida harbiy vaziyat muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirishga qaror qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid