Jizzakh Petroleum loyihasi nega sustlashgan?
«O‘zbekneftegaz» aksiyadorlik kompaniyasi ishtirokida ta'sis etilgan Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi loyihasi xomashyo tanqisligi tufayli oxiriga yetkazilmasligi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Joriy yilning apreli oyi oxirlarida Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd dollar bo‘lgan yangi neftni qayta ishlovchi majmua qurilishi boshlangandi. Qurilish ishlari 2021 yilga qadar tugatish rejalashtirilgan. Ammo, neftni qayta ishlash zavodi to‘liq quvvatda ishlashi uchun xomashyo import qilinishi, xususan Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari bilan muzokaralar davom etayotgani bildirilgandi.
«Hozirgi kungacha hukumatlararo kelishuv imzolanmadi. Shu sababli, loyihaning faoliyati sekinlashib qolgan. Aniq kelishuvlar bo‘lmagani uchun, xomashyo yetkazib berishda muammo bor», - deydi «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari Odil Temirov.
Zavodni Jizzakh Petroleum hamda Gas Project Development Central Asia (Gazprom International’ning tuzilmasi, 40 foiz) boshqaradi. «Gazprombank» guruhi tomonidan nazorat qilinuvchi Enter Engineering kompaniyasi bosh pudratchi bo‘ladi.
Ayni paytda «O‘zbekneftgaz» AJda O‘zbekistonda Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish haqida o‘ylamoqda. Mutasaddilarga ko‘ra, kompaniya neft-gaz sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqyapti.
«Unda asosiy e'tibor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan tabiiy gazni chuqur qayta ishlash, ikkita neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va «O‘zbekiston-Xitoy» gaz quvurining 4-liniyasini qurishga qaratiladi», - deyilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
10:39 / 12.11.2021
Rossiyaning «Zarubejneft» kompaniyasi Jizzakh Petroleum ulushini sotib olishni rejalashtirmoqda
19:00 / 13.10.2021
Jizzakh Petroleum: kompaniyaning neft mahsulotlarini saqlash terminallarini qurish loyihasiga start berildi
13:00 / 01.09.2020
Jizzakh Petroleum: texnik imkoniyatlari jihatidan MDHda yagona kimyoviy kompleks loyihasi ustida ish olib borilmoqda
09:00 / 29.06.2020