Gazeta suhbatdoşlariga köra, kelişuv şartlari hozirça muvofiqlaştirib olinmagan. Şuningdek, manbalardan biri Özbekiston neft kompaniyasi «Lukoyl»ga ham «körsatilgani», biroq hamkorlik amalga oşmaganini qayd etdi. «Zarubejneft» kelişuvga izoh bermadi, biroq naşrga «Özbekistonda keyingi rivojlanişdan manfaatdor ekani» haqida ma’lum qildi. 

«Kompaniya MDH mamlakatlarida, jumladan Qozoğistonda öz iştirokini kengaytiriş ustida işlamoqda va uşbu mintaqada neft va gaz qazib oliş klasterini şakllantirişga umid qilmoqda», deya qöşimça qildi neft kompaniyasi vakillari. 

Qayd etilişiça, Jizzakh Petroleum Kiprning Belvor Holding Limited kompaniyasi tomonidan nazorat qilinadi. Gazeta ixtiyorida bölgan Kipr reyestri ma’lumotiga köra, Belvor Holding Limited Özbekistonda burğilaş böyiça asosiy pudratçi bölgan Eriell neft konlariga xizmat körsatiş kompaniyasi boşqaruv raisi va yirik aksiyadori Baxtiyor Fozilovga tegişli. Rossiyada Eriell eng yirik neft va gaz kompaniyalari bilan işlaydi. 

Jizzakh Petroleum 2017 yilda «Özbekneftgaz» va Gas Project Development Central Asia AG (GPD) tomonidan taşkil etilgan bölib, u öşa paytda «Gazprom» va «Gazprombank» guruhi tarkibiga kiruvçi Centrex treyderiga teng asosda tegişli bölgan. Jizzakh Jizzaxda neftni qayta işlaş zavodi qurişi kerak edi, biroq xomaşyo yetişmasligi sababli loyiha töxtatilgan. 

Özbekistonning neftni qayta işlaş quvvati yiliga 11 million tonnaga yaqin bölib, bu körsatkiç mamlakatga yetkazib berilayotgan neft hajmidan sezilarli darajada köp, şu sababli ham undan yetarliça foydalanilmayapti. Özbekistonda 2020 yilda neft qazib oliş hajmi 734 ming tonnani taşkil etdi. 

2019 yilda respublika hukumati 2020-2030 yillarda neft qazib olişni köpaytiriş dasturini tasdiqladi, unga köra Jizzakh’ga 105ta kon uçun litsenziyalar topşirildi va bu qöşma korxonani Özbekistondagi eng yirik neft kompaniyasiga aylantirdi. 

«Kommersant’» naşrining taxmin qilişiça, ayni paytda Belvor kompaniyadagi GPD uluşining katta qismini sotib olgan. 2021 yil oktyabr oyida esa Belvor «Özbekneftgaz» uluşini ham sotib olib, öz uluşini 98 foizga yetkazgan. Şundan söng Jizzakh Petroleum öz nomini «Sanoat Energetika Guruhi»ga özgartirdi. «Gazprom»ning gazetaga ma’lum qilişiça, GPD endi ularga tegişli emas.