«Özbekneftegaz» aksiyadorlik kompaniyasi iştirokida ta'sis etilgan Jizzakh Petroleum qöşma korxonasi import böyiça olib kiriladigan hamda Yevropa sifat va standartlariga töliq javob beradigan Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markadagi avtobenzin hamda dizel yoqilğisini erkin narxlarda ixtisoslaşgan avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoği orqali sotmoqda.

«Özbekneftegaz» axborot xizmatining xabar berişiça, qöşma korxona tomonidan Ai-92, Ai-93, Ai-95, Ai-98 markadagi benzin va dizel yoqilğisini sotiş mexanizmi AYoQŞ tarmoqlaridan foydalangan holda hamda töğridan-töğri oldi-sotdi şartnomalari yoki birja savdolari orqali erkin tijorat narxlarida sotişni öz içiga oladi.

Ta'kidlanişiça, neft mahsulotlari bozoridagi iste'molçilar uçun taklif etilayotgan yangi turdagi mahsulot jahon sifat standartlariga töliq javob beradi. Yaqin kunlarda AYoQŞlarda import böyiça olib kirilayotgan etillanmagan AI-95 va AI-98 benzin yoqilğisi hamda 3 ekologik toifadagi Yevro dizel yoqilğisi sotilişi közda tutilmoqda.

Uşbu tadbir aholiga iste'mol xizmatlari körsatişni yanada yaxşilaşga qaratilgani hamda Özbekistonda neft va gaz sektorining jadal rivojlanayotganligini namoyiş etişi aytiladi.

Eslatib ötamiz, aprel oxirlarida Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd dollar bölgan yangi neftni qayta işlovçi majmua qurilişi boşlandi. Qurilişni 2021 yilga qadar tugatiş rejalaştirilmoqda.

Zavodni Jizzakh Petroleum hamda Gas Project Development Central Asia (Gazprom International’ning tuzilmasi, 40 foiz) boşqaradi. «Gazprombank» guruhi tomonidan nazorat qilinuvçi Enter Engineering kompaniyasi boş pudratçi böladi.