Sport | 18:20 / 29.11.2018
7638
2 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘qon-1912» Superligada qoldi, OKMK va «So‘g‘diyona» o‘tish bahslarida ishtirok etishadi

Superliga quyi guruhida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

«Qo‘qon-1912» safarda «Neftchi» bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, qo‘qonliklar quyi guruhda 3-o‘rinni egallab, Superligadagi o‘rnini saqlab qolishdi. «Neftchi»ning avvalroq Pro-ligaga tushib ketgani ma'lum bo‘lgan edi.

OKMK o‘z maydonida «Qizilqum»ni yengdi. «So‘g‘diyona» kichik hisobda «Nasaf»ga yutqazdi. Natijada, OKMK va «So‘g‘diyona» quyi guruhda 4 va 5-o‘rinni egallab, Pro-Liga klublariga qarshi o‘tish bahslarida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Superliga, 32-tur
29 noyabr

«Neftchi» – «Qo‘qon-1912» 0:2  
Gollar: Murod Xolmuhammedov (52, 60 pen)

«So‘g‘diyona» – «Nasaf» 0:1
Gol: Boburbek Davlatov (60)

OKMK – «Qizilqum» 3:0
Gollar: Yovan Jokich (45+1 pen, 87), Shoxnazar Norbekov (73)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid