Keça, 28 noyabr kuni Komil Ismoiloviç Allamjonov hukumat qaroriga muvofiq, Özbekiston matbuot va axborot agentligi (ÖzMAA) boş direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Bu xabar muhokamasi vaqtida ayrim internet foydalanuvçilari mazkur agentlikni Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) bilan çalkaştirmoqda. Aslida esa, bular boşqa-boşqa taşkilotlardir.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi 1038-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga köra, Özbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, axborot almaşiş, matbuot, noşirlik, matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş hamda kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini takomillaştiriş böyiça vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.
Agentlikning öz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, boşqa taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.
Agentlik tuzilmasi
Agentlik tizimiga Agentlikning markaziy apparati va hududiy bölinmalari, «Özbekiston», «Öqituvçi», Ğafur Ğulom nomidagi va Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari, «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy naşriyoti, «Közi ojizlar bosmaxonasi», «Ma'muriy binolardan foydalanişni boşqariş» davlat korxonalari, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi, Agentlikning hududiy bölinmalariga idoraviy mansub naşriyotlar, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi kiradi.
Agentlikning vazifalari
Agentlik quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:
Ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatiga doir qonun hujjatlari ijrosini ta'minlaş sohasida:

















